کلمات کلیدی مربوط به کتاب قرآن مقدس. ترجمه معانی. ترجمه عبدالعزیز منصور: کتابخانه، ادبیات دینی، اسلام، کتاب مقدس در اسلام (قرآن)
در صورت تبدیل فایل کتاب Qur'oni Karim. Ma'nolar tarjimasi. Abdulaziz Mansur tarjimasi به فرمت های PDF، EPUB، AZW3، MOBI و یا DJVU می توانید به پشتیبان اطلاع دهید تا فایل مورد نظر را تبدیل نمایند.
توجه داشته باشید کتاب قرآن مقدس. ترجمه معانی. ترجمه عبدالعزیز منصور نسخه زبان اصلی می باشد و کتاب ترجمه شده به فارسی نمی باشد. وبسایت اینترنشنال لایبرری ارائه دهنده کتاب های زبان اصلی می باشد و هیچ گونه کتاب ترجمه شده یا نوشته شده به فارسی را ارائه نمی دهد.
Qur'oni Karim. Ma'nolar tarjimasi.
Toshkent, 2013. 483 bet. O’zbekiston musulmonlari idorasi
Ulamolar kengashining qarori va Toshkent islom universiteti
Ilmiy kengashi tavsiyasiga binoan nashr etildi.
Yangi tarjimaning o'ziga hos
hususiyatlari asosan quyidagilardan iborat:
1. Tarjima hanafiylik mazhabiga muvofiq holda tayyorlandi.
Boshqa mazhablar bilan qiyosiy tafsirlar izohda ko'rsatib
borildi.
2. Oyatlar mazmunini imkoni boricha so'zma-so'z ifodalashga
harakat qilindi. Qo'shimcha, yordamchi so'z va iboralar qavs
ichida berildi.
3. Murakkabroq va sharhga muhtoj oyatlarga sahifa ostida izoh
berildi.
4. Amalda bo'lib kelgan kirill yozuv qoidalariga rioya qilindi.
Ya'ni 1990 yillardan boshlab, asosan diniy adabiyotlarda buzila
boshlagan imlolar tiklandi. Masalan: Iso, imon, rab, rasul,
sahih, Arafot, salavot kabi arabchadan o'tib qolgan so'zlarni
ba'zilar arab talaffuziga moslashtirmoqchi bo'lishib, keyingi
paytda Iyso, iymon, Robb, Rosul, sahiyh, Arofat, solavat
shaklida yozishga o'tgan edilar. Vaholanki, umumiy urfda chet
so'zlar qaysi tilga ko'chib o'tsa, o'tgan so'z o'sha tilning
tovush va imlo qoidalariga bo'ysunishi lozim. Qur'on oyatlari
qiroatida yoki arabcha jumla tarkibida talaffuz etilgandagina
tajvidga rioya etilishi kerak bo'ladi. Agar biz arabchadan
o'tgan barcha so'zlarni tajvidga binoan yozadigan va talaffuz
etadigan bo'lsak, kitobxonlarning o'qishi va anglashiga katta
qiyinchiliklar tug'dirib qo'yamiz.
Eng muhimi, mushafning ushbu tarjimasida juda omonatdorlik
bilan, ya'ni arabchada qanday bo'lsa, o'zbekchada ham o'sha
mazmunni to'la saqlab qolishga harakat qilindi. Biror maqsadda
bo'rttirish yoki o'zgartirish kabilardan xoli.